MCHJ “EURO PROF TEST” sertifikatlashtirish idorasi tomonidan, O‘zDSt ISO/IEC 17065:2015 standartining 7.5 va 7.6-bandalari talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, muvofiqlikni baholashga oid maʼlumotlarni va ularni natijalarini tahlil qilish va ushbu tahlil asosida tegishli qaror qabul qilishni uchun “Texnik qo‘mita” tashkil qilinib uning Nizomi belgilangan tartibda ishlab chiqilgan.
Ushbu Nizomga asosan tashkil etilgan Texnik qo‘mita tarkibi, tahlil qilinayotgan muvofiqlikni baholash jarayonida ishtirok etmagan, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha Organda faoliyat yuritadigan yoki jalb etilgan malakali mutaxassislardan iboratdir.
Texnik qo‘mita asosiy vazifasi, muvofiqlikni baholash hujjatlariga oid maʼlumotlarni va ularning natijalarini tahlil qilish hamda muvofiqlik sertifikatlarini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilishdan iboratdir.