“Euro Prof Test” MChJ (keying o‘rinlarda Jamiyat deb ataladi) o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida, mahsulotlarni sertifikatlashtirish yoki sinov o‘tkazishga talabgorlar bilan shartnoma asosida amalga oshiradi. Muvofiqlikni baholash ishlarining narhnomasi direktor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Quyidagi pullik xizmatlar Jamiyatning daromad manbalari hisoblanadi:
arizani tahlil qilish,namuna tanlash,identifikatsiya qilish,ishlab-chiqarish sharoitini tekshirish,inspeksiya nazoratini o‘tkazish,muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish,sinov o‘tkazish va sinov bayonnomasini rasmiylashtirish.Jamiyatning faoliyatini moliyalashtirish manbalari ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisoblanadi.Jamiyat olingan mablag‘lardan quyidagi asosiy xarajatlar yo‘nalishlari bo‘yicha foydalanadi:
xodimlarning ish haqi;jalb qilinadigan malakali xodimlar, shu jumladan xorijiy trenerlar hamda ekspertlar xizmatlari uchun haq to‘lash;Jamiyat xodimlarini tashqi treninglar, konferensiyalar va o‘quv seminarlarida o‘qitish xarajatlari;halqaro talablarga muvofiq bo‘lgan o‘lchash va sinash vositalarini hamda reaktivlarni harid qilish;meyoriy hujjatlar va sinov metodlarini harid qilish hamda tegishli hujjatlarni tarjimasi uchun to‘lovlar;“O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUKga akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar tushumdan 5 foiz miqdorida ajratma toʻlash;Jamiyat tomonidan seminarlar va konferensiyalar tashkil etish xarajatlari va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa harajatlar.