Sinov laboratoriyasi !

  • Sinov laboratoriyasi!

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish


Sinash laboratoriyasi — sinashni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki uning tarkibiy bo‘linmasi.

Mahsulotni sinash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • texnik reglamentlarda va standartlarda ko‘rsatilgan mahsulot namunasining muvofiqligini tasdiqlash tavsiflarini aniqlash;
  • agar sinash muvofiqlikni tasdiqlash doirasidagi tartib-taomil bo‘lsa, muvofiqlikni tasdiqlash amalga oshirilishini taʼminlash.
  • agar sinash muvofiqlikni tasdiqlash doirasidagi tartib-taomil bo‘lsa, muvofiqlikni tasdiqlash amalga oshirilishini taʼminlash.

    Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilishda qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash doirasidagi tartib-taomildir. Sinash, agar bu texnik reglamentlarda nazarda tutilgan bo‘lsa, muvofiqlikni baholashning mustaqil shaklidir.

    Sinash, agar bu muvofiqlikni sertifikatlashtirish yoki deklaratsiya qilish chog‘ida qo‘llaniladigan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasida nazarda tutilgan bo‘lsa, akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiya qilingan laboratoriya tomonidan amalga oshiriladi.

     Majburiy sertifikatlashtirishni amalga oshirish chog‘ida mahsulotni sinash va o‘lchash akkreditatsiya qilingan sinash laboratoriyalari tomonidan o‘tkaziladi hamda ularning natijalari bayonnomalar tarzida rasmiylashtiriladi.

    EURO PROF TEST" MCHJ sinov laboratoriyasi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan 2023 yil 10 mayda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar davlat reyestrida O’ZAK.SL 0296 -son bilan ro‘yhatga olingan.

    "EURO PROF TEST" MCHJ sinov laboratoriyasi tomonidan, akkreditatsiya sohasiga muvofiq, elektrotexnika mahsulotlari, idish-tavoqlar, avtotransport vositalarini sinash ishlari amalga oshiriladi.