Ushbu sifat sohasidagi siyosat, “Euro Prof Test” MCHJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyat) sinov laboratoriyasi va sertifikatlashtirish organi (keyingi o‘rinlarda – MBO) faoliyatida, O‘z DSt ISO/IEC 17025 va O‘z DSt ISO/IEC 17065 standartlari talablari doirasida muvofiqlikni baholash faoliyatini sifatli tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan. Jamiyat MBO sifat sohasidagi siyosatining bosh maqsadi, muvofiqlikni baholash natijalarini ishonchliligni, xolisligini, mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash hamda ishlarni tezkor va sifatli bajarish orqali buyurtmachilarni qoniqish darajasini taʼminlashdan iborat.
Jamiyatning yuqori rahbariyati tomonidan, sifat sohasidagi maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilanadi:
akkreditatsiya talablari va shartlariga majburiy rioya qilish;muvofiqlikni baholash ishlarida ishtirok etadigan xodimlarni ishga olish, majburiyati va vakolatlarini aniq belgilash, tizimli o‘qitish, malakasini oshirish hamda doimiy monitoringini olib borish;muvofiqlikni baholash ishlarini to‘g‘ri va samarali amalga oshirish uchun kerakli sharoitlarni yaratish;muvofiqlikni baholash bo‘yicha tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy hujjat va texnik jihatdan tartibga soluvchi meʼyoriy hujjat talablariga rioya qilish;sinov usullarida belgilangan o‘lchash va sinash vositalarini xarid qilish va ularni metrologik tavfsiflarini doimiy tekshirib borish va soz holatda saqlash;belgilangan talablarga muvofiqligi va amaldagi boshqaruv tizimini doimiy muvozanatini saqlash maqsadida, risklarni aniqlashni, ichki auditni hamda rahbariyat tomonidan taxlilni muntazam amalga oshirish;kelib tushadigan shikoyatlarga va appelyatsiyalarga o‘z vaqtida eʼtibor qaratish hamda zaruriyatga qarab tuzatuvchi va to‘g‘irlovchi xarakatlarni amalga oshirish;
MBO rahbarlari, muvofiqlikni baholash sohasidagi siyosatni amalga oshirish va uni har bir xodim eʼtiboriga yetkazish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi va:
sifatni boshqarish tizimining belgilangan talablarga javob berishini taʼminlaydi;sifatni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi va boshqaruv tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilganida uning yaxlitligini saqlaydi;muvofiqlikni baholash faoliyati doirasida beg‘arazlikni taʼminlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi;xodimlarni sifat sohasidagi siyosat bilan tanishtirish va ular faoliyatida belgilangan sifat siyosatiga qatʼiyyan rioya qilinishni taminlaydi.