MCHJ “EURO PROF TEST” sertifikatlashtirish idorasi O‘zDSt ISO/IEC 17065:2015 standarti talablariga muvofiq, Organning sertifikatlashtirish faoliyatida beg‘razlikni va holislikni taʼminlash maqsadida,“Beg‘arazlikni taʼminlash bo‘yicha Nizom” ishlab-chiqilib tasdiqlangan.
Xalqaro standart talablariga muvofiq, Nizom bilan Organ faoliyatini beg‘razlik va holislik prinsplariga rioya qilgan holda olib borish va takomillashtirish bo‘yicha asosiy vazifalar belgilangan.
Xalqaro standart talablarini joriy etish hamda Organ faoliyatida qabul qilinadigan qarorlarni beg‘arazligini, shaffofligini tamʼminlash maqsadida, undan mustaqil bo‘lgan muvozanatli manfaatdor taraflardan tashkil topgan Beg‘arazlik bo‘yicha kengash tashkil qilingan.
Ushbu tashkil qilingan Beg‘arazlik bo‘yicha kengash tarkibiga, O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi, muvofiqlikni baholash bilan shug‘illanuvchi Davlat idoralari xodimlari, muvofiqlikni baholash faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali mutaxasislar, ishlab-chiqaruvchilar, tadbirkorlik suʼbektlari kiritilgan.
Beg‘arazlik bo‘yicha kengashning asosiy vazifalari uning Nizomida belgilangan bo‘lib unga ko‘ra O‘zDSt ISO/IEC 17065:2015 standartining 5.1.3-bandda keltirilgan masalalar bo‘yicha sertifikatlshtirish organi faoliyatini davriy baholab borish va tegishli hulosalarini taqdim etishdan iborat.