Sertifikatlashtirish organi!

  • sertifikatlashtirish organi!

Mahsulotlarni sertifikatlashtirish organi!


O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarni sertifikatlash tartibi muvofiqlikni baholashning rasmiy shakli bo‘lib, muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasini berishni o‘z ichiga oladi. Baʼzi mahsulot turlari uchun xabarnoma berilishi mumkin.

Muvofiqlik sertifikati - muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatdir.

Muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya  - ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchi muomalaga chiqariladigan mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjat.

Muvofiqlikni deklaratsiyalash  - mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini majburiy ravishda tasdiqlash shakli.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar  - texnik reglamentlar va standartlar.

    Sertifikatlashtirish muvofiqlikni baholash organi tomonidan muvofiqlikni baholash obyektlarining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash tartib-taomilidir.

    Mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlashtirish uchun qo‘llaniladigan sertifikatlashtirish sxemalari, arizachilarning doirasi tegishli texnik reglamentlarda belgilanadi.

     Muvofiqlik sertifikati, basharti tanlangan muvofiqlikni tasdiqlash sxemasiga binoan barcha tartib-taomillarning bajarilishi ijobiy natijalar bergan bo‘lsa, muvofiqlikni baholash organi tomonidan arizachiga beriladi.

Muvofiqlikni tasdiqlash majburiy yoki ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin.

Texnik reglamentlarda belgilangan muvofiqlikni majburiy ravishda tasdiqlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • muvofiqlikni deklaratsiya qilish;
  • majburiy sertifikatlashtirish.
  • Muvofiqlikni ixtiyoriy ravishda tasdiqlash ixtiyoriy sertifikatlashtirish shaklida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasida majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar -ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.

    Muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati, Adliya vazirligi tomonidan 2005 yil 18 martda 1458-son bilan ro‘yxatga olingan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarining 12-bandida (Chetdan keltiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim) va 14-bandida (Ishlab-chiqariladigan mahsulotni sertifikatlash uchun) ko‘rsatib o‘tilgan.

    "EURO PROF TEST" MCHJ sertifikatlashtirish organi tomonidan akkreditatsiya sohasiga muvofiq, elektrotexnika mahsulotlarini, idish-tavoqlar va avtotransport vositalarini srtifikatlashtirish ishlari amalga oshiriladi.