belgilangan talablarga javob beradigan ayrim turdagi mahsulotlar uchun taqdim etilgan muvofiqlikni baholash shakli va sxemasini tanlash;
o‘z mahsulotini sertifikatshatirmoqchi bo‘lgan buyurtmachi ixtiyoriy ravishda akkreditatsiya sohasi mos keladigan sertifikatlashtirish orgnanini tanlash;
O‘zbekiston akkreditatsiya markaziga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga, sertifikatlashtirish organlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish;
mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘zi tanlagan sertifikatlashtirish organidan, mahsulotni sertifikatlashtirish tartib-taomillari va xizmatlar uchun sarflanadigan xarajatlarning tan narxi bilan ochiq tanishish.
ARIZACHI MAJBURIYATLARI:
sertifikatlashtirish tartibi shartlariga rioya qilish va sertifikatlangan mahsulotlarning muvofiqligini baholash uchun zarur bo‘lgan tegishli maʼlumotlarni taqdim etish;
sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq, sertifikatlashtirishga oid tegishli hujjatlarning nusxalarini taqdim etish;
normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlangan mahsulotlarning ko‘rsatkichlarini (xarakteristikalari) barqarorligini taʼminlash;
majburiy sertifkatlanishi zarur bo‘lgan mahsulotlarni, muvofiqlik sertifkatini olganidan so‘ng muomalaga chiqarish;
muvofiqlik belgilaridan foydalanishda va ommaviy axborot vositalarida mahsulotni sertifikatlanganligiga havolalar qilishda belgilangan talablarga rioya qilish;
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik deklaratsiyasi to‘xtatilgan yoki tugatilgan bo‘lsa, (muvofiqlik deklaratsiyasi yoki muvofiqlik sertifikati amal qilish muddati davomida, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan mahsulotlar bundan mustasno), mahsulotni sotishni to‘xtatib turishni yoki tugatishni amaldagi qonunchilikga muvofiq tashkil etish;
ishlab chiqarishni tekshirish yoki inspeksiya nazorati paytida sertifikatlashtirish organi mutaxassislariga barcha sharoitlarni yaratib berish (sertifikatlashtirish sxemalariga muvofiq);
mahsulotni sertifikatlash organini oldindan rejalashtirilgan mahsulotni yangilash (o‘zgartirish), uning dizayni (tarkibi), ishlab chiqarish texnologiyasi, sinov va nazorat qilish usullari, qabul qilish qoidalari to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish;
muvofiqlikni baholash obyektlariga, shu jumladan belgilangan sertifikatlashtirish sxemalariga qo‘yiladigan talablarning bajarilishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar to‘g‘risida sertifikatlashtirish organini xabardor qilish;
vakolatli davlat nazorati (nazorati) organlarining qarorlari asosida muvofiqlikni baholashdan o‘tgan va normativ hujjatlar talablariga javob bermaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni to‘xtatib turish;
muvofiqlik sertifikatlari to‘xtatilgan yoki bekor qilingan taqdirda, sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi har qanday maʼlumotni o‘z ichiga olgan barcha reklama materiallaridan foydalanishni darhol to‘xtatish va sertifikatlashtirish organining so‘roviga binoan barcha hujjatlarni unga qaytarish;
sertifikatlangan mahsulotlardan foydalanishda yoki chalg‘ituvchi deb hisoblashi mumkin bo‘lgan biron bir bayonot berishda, sertifikatlashtirish organining obro‘siga putur yetkazmaslik;
sertifikatlangan mahsulotlar ustidan barcha shikoyatlarni (daʼvolarni) hisobga olish va ular to‘g‘risida darhol sertifikatlash organini yozma ravishda xabardor qilish, xavfli mahsulotlarni aniqlash va teggishli choralar ko‘rish.