Yangiliklar

  • Hisoblash !

2025-04-02 23:03:58

Mashinasozlik mahsulotlarini sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqlik aniqlandi.

Xitoy Xalq Respublikasining Leapmotor kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan M1 toifadagi "LEAPMOTOR" tovar belgili "C16" modeli (VIN raqami LFZ93AN96RD091431) avtotransport vositasiga berilgan ariza yuzasidan sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarning sinov bayonnomalarini tahlili jarayonida nomuvofiqlik aniqlandi.

Ya'ni “O'zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” (O'ZAK.SL.0309) davlat muassasasining sinov laboratoriyasi (majmuasi) tomonidan 2025-yil 10-mart kunidagi SB-0309-388/25-sonli sinov bayonnomasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.04.2017 yildagi 237-son bilan qabul qilingan texnik reglamentning 3-ilovasi 44-bandida keltirilgan  (Устойчивость к воздействию внешних источников электромагнитного излучения и электромагнитная совместимость - Широкополосные электро-магнитные помехи) talabi bo'yicha mahsulot yaroqsizligi aniqlangan. 

Ushbu nomuvofiqlikni "Euro Prof Test" mas'uliyati cheklangan jamiyatining sertifikatlashtirish organi SQ-0095-9116/25 - sonli sertifikatlashtirish natijasi yuzasidan rad etish qarori tasdiqlandi.