"EURO PROF TEST" MCHJ sinov laboratoriyasi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” DUK tomonidan 2023 yil 10 mayda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lib, Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar davlat reyestrida O’ZAK.SL 0296-son bilan ro‘yhatga olindi.
Sinov laboratoriya tomonidan, akkreditatsiya sohasiga muvofiq, elektrotexnika mahsulotlari, idish-tavoqlar, avtotransport vositalarini sinash ishlari amalga oshiriladi.