Nielsen GS1 Italy tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga koʻra, 2021-yilda italiyaliklarning ekologik sarf-harajatlari 12,5 milliard yevroga yetgan. Shuning 23,6% etik va barqaror rivojlanish reklamasi ulushiga toʻgʻri keladi. Biroq samarali vositalarning mavjud emasligi sabab, haqiqiy bayonotlarni yolgʻondan ajratish qiyin edi.
Ammo, endilikda akkreditatsiya tufayli ishonchli “yashil aloqa” imkoniyati paydo boʻldi. Italiyaning akkreditlangan EthicsGO tashkiloti va uning “CertiClaim Sustainability Programme” sxemasi bu kabi bayonotlarni tekshirib, tasdiqlaydi.
“CertiClaim Sustainability Programme” sxemasi shunday instrumentki, uning yordamida BMTning 2030-yilga qadar qabul qilgan 17ta barqaror rivojlanish maqsadlarining har biri boʻyicha 400ta parametrlarga koʻra tahlillar olib borish imkoniyati mavjud. Bu talablar ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarni qamrab olgan UNI/PdR 102:2021 hujjatida ham koʻrsatilgan. Isteʼmolchilar baholash jarayonlarining shaffofligiga shubha qilmasliklari uchun sxema beshta mezonga amal qiladi, bu – qabul qilinadigan meʼyor, toʻgʻrilik, muvofiqlik, etika va barqarorlik.
EthicsGO — Italiyadagi ISO/IEC 17029 standartiga koʻra akkreditlangan birinchi tashkilot hisoblanadi.
IAF xalqaro tashkilotining rasmiy sahifasida eʼlon qilingan ushbu maqola orqali siz Italiya misolida ushbu standart talablari va qoʻllanilish tartibi hamda sohada ekologik yoʻnalishdagi baholash jarayonlari bilan tanishishingiz mumkin.
https://iaf.news/2023/04/30/the-role-of-accreditation-in-sustainability/